Konsalting va injiniring
Oson. Shaffof. Ishonchli.
Kompaniya haqida
Valstatex kompaniyasi (Valstatex) 2006 yilda menejment bo'yicha maslahat, axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish sohalaridagi mutaxassislar jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda biz 100 dan ortiq o'zbekistonlik mijozlar uchun loyihalarni amalga oshirdik. Biz o'nlab xalqaro konsalting va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz.
Qayta aloqa
Nega bizni tanlash kerak?
Bizning mutaxassislarimiz mahalliy bozorni chuqur bilish va xalqaro hamkorlar bilan ishlashda ko'p yillik tajribaga asoslangan mahoratlarini mamnuniyat bilan baham ko'rishadi.
14 yillik ish tajribasi
Bizning tajribamiz biz uchun gapiradi. 14 yil davomida biz yirik davlat kompaniyalari va xalqaro korporatsiyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.
100 dan ortiq mijozlar
Biz har bir mijozimizga biznesining o'ziga xosligiga asoslangan holda individual yondashamiz.
Kasbiy mahorat
Bizning mutaxassislarimiz doimiy ravishda o'zlarining malakalarini oshirib kelmoqda va bu ilmiy unvonlar va sertifikatlar bilan tasdiqlangan.
Sohalar
Biz quyidagi sohalarda mijozlar bilan ishlaymiz
Moliya va banklar
Metallurgiya
Neft va gaz
Davlat organlari
Faoliyat
Biz nimani taklif qilamiz?
Konsalting
Davlat va xalqaro tender va tanlovlarni o'tkazish, investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, marketing va ijtimoiy tadqiqotlar, loyihalarni boshqarish, imkoniyatlarni kengaytirish, treninglarni o'tkazish.
Raqamli yechimlar
Tizimli integratsiya, axborot xavfsizligi, kompyuter tizimlari, biznes-ilovalar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish, buyurtma bo'yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqish.
Biznes jarayonlar va autsorsing
Apparat va dasturiy ta'minotni texnik qo'llab-quvvatlash, axborot va telekommunikatsiya va muhandislik tizimlarini qo'llab-quvvatlash, AT infratuzilmasi va xizmatlarini boshqarish autsorsingi.
Hamkorlarimiz
Yirik xalqaro texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik mijozlarimizga eng yaxshi tajriba va zamonaviy raqamli yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.
Barqaror rivojlanish
Mas'uliyatli yondashuv
Biz biznes yuritishning yuqori standartlariga rioya qilamiz va barqaror rivojlanish tamoyillarini kundalik faoliyatimiz strategiyalariga izchil singdirib boramiz. Kompaniyamizning barqaror rivojlanishi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy mas'uliyat va halol biznes uchun imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan harakat va amallarga asoslanadi.
Kompaniya siyosati
Kompaniyamizning mehnatni muhofaza qilish, korrupsiyaga qarshi kurash va maxfiylikni ta'minlash bo'yicha siyosati va tamoyillari biznesni barqaror rivojlantirish va tashkil etishga bo'lgan sodiqligimizni aks etadi. Bizning faoliyatimiz ishonchlilik, nazorat, oshkoralik va yuqori axloqiy me'yorlar kabi asosiy tamoyillar bilan belgilanadi.
Etika va axloq kodeksi
Biz biznes yuritishning yuqori standartlari va me'yorlariga rioya qilamiz. Barcha harakatlarda biz kompaniyaning Etika va axloq kodeksi tamoyillariga asoslanamiz.
info@valstatex.uz
+998712371966

© Barcha huquqlar himoyalangan. Valstatex MChJ.